O‘zbekistonda yiliga 10,2 mln tonna chiqindi hosil bo‘lib, uning 10,3 foizi plastmassadan iborat. 2022-yilda plastik hajmi 2013-yilga nisbatan 2,5 baravarga oshdi. Ekologiya vazirligi o‘tkazgan inventarizatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, plastmassaning eng yirik iste’molchilari qadoqlash, transport va qurilishdir.
Ekologik partiya a’zolari Ekologiya vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi yuzasidan bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yubordi. 2022−2023-yillarda boshqarma 600 dan ortiq daraxt kesishga ruxsat bergan.
Xitoydan O‘zbekistonga chiqindilarni tashish uchun mo‘ljallangan birinchi elektromobil keltirildi. Tor ko‘chalarda ham harakatlanadigan va 3 tonnagacha yukni ko‘taruvchi elektrotexnika vositasi Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting